17:11 / 24.02.2017
6964

Putin va Erdo‘g‘an o‘rtasidagi muzokaralar qachon bo‘lib o‘tishi ma'lum

Foto: © RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Moskvaga tashrifi qachon amalga oshirilishini ma'lum qildi.

Bundan oldinroq Turkiyadagi telekanallar Erdo‘g‘an 9-10 mart kunlari Moskvaga tashrif bilan borishi haqida xabar tarqatgandi.

"Ha. Shunday muzokaralar rejalashtirilgan", degan Peskov.

Qayd etish kerakki, bu Erdo‘g‘anning Vladimir Putin bilan so‘nggi yarim yil davomidagi to‘rtinchi uchrashuvi bo‘ladi.

Putin bilan muloqot davomida Rossiya-Turkiya munosabatlarini yaxshilash bo‘yicha masalalar muhokama etiladi. Shuningdek, boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik haqida to‘xtalib o‘tilishi mumkin.

Erdo‘g‘an Rossiyaga tashrifi vaqtida sanksiyalar masalasini uzil-kesil hal qilmoqchi

Top