09:43 / 24.02.2017
4818

Shotlandiya mustaqilligi bo‘yicha qayta referendumni o‘tkazishi mumkin

Shotlandiya hukumati keyingi yilda mamlakatning mustaqilligi bo‘yicha qayta referendum o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Shotlandiya hukumatidagi YeI bilan aloqalar bo‘yicha doimiy kengash a'zosi Charlz Grant ma'lum qildi. 

Avvalroq Shotlandiya birinchi vaziri Nikola Sterjyen Shotlandiyaning mustaqilligi bo‘yicha referendum o‘tkazib, shu tariqa uning YeIda a'zoligini saqlab qolish istagini bildirgandi.

"Men aminman, Shotlandiya hukumati keyingi yilda referendum o‘tkazish borasida jiddiy o‘ylamoqda", deb aytdi Grant jurnalistlarga.

Shotlandiya 2016 yil 23 iyundagi referendumda Buyuk Britaniyadan farqli ravishda, mamlakatning YeI tarkibida qolishi uchun ovoz bergan va shu vaqtdan beri YeI bilan maksimal yaqin iqtisodiy aloqalarni saqlab qolish tarafdori bo‘lib kelmoqda.  

Sterjyen istalgan vaziyatda mamlakati YeI tarkibida qolish yo‘lini topishga va'da bergan. U Shotlandiya mustaqilligi bo‘yicha yangi referendum Brexit jarayoni yakunlanguncha o‘tkazilishi mumkinligini aytgan.

Top