Joriy yilning 21 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengaşining «Özbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 10 ming sömlik banknotlarning çiqarilişi töğrisida»gi qarori qabul qilindi. Senat Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan ön ming sömlik banknotning namunasi va dizaynini ma'qullagan.

Şundan söng 10 ming sömlik banknotning turli dizayni aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqala boşladi. Ularning birida Şahrisabz şahrida joylaşgan Oq saroy obidasi aks etgan bölsa, boşqasida Islom Karimov surati tuşirilgan. 

Yaqinda ana şunday suratlardan yana ikkitasi paydo böldi. Ularning ham soxtaligi yaqqol körinib turibdi. Biri yoş bolalar tomonidan qilingan şekilli banknotdagi sözlar imlo xatolariga yöl qöyilgan holda yozilgan. 

Ma'lum qilinişiça, yangi kupyura dizayni avvalgi xabarlarda taxmin qilinganidek bölmaydi, ya'ni unda inson surati aks etmaydi va dizayn böyiça an'ana davom ettiriladi. Markaziy bank ma'lumotiga köra, banknot bosmaga topşirilişidan oldin bank saytida uning surati va boşqa ma'lumotlar e'lon qilinadi. Ammo bu biroz çözilib ketmayaptimikan?