22:32 / 25.02.2017
8198

AQShda Hillari Klinton haqidagi film yilning eng yomon filmi deb topildi

AFP 2017/ Jewel Samad

"Hillari Amerikasi: Demokratik partiyaning maxfiy tarixi" hujjatli filmi yilning eng yomon filmi deb topilib, kino san'atida eng yomon filmlar uchun beriluvchi "Oltin malina" mukofotini oldi. 

Mukofotning taqdirlash marosimi "Oskar" arafasida o‘tkazib kelinadi.

Mukofot tashkilotchilari yilning eng yomon aktrisasi sifatida "Hillarini ijro etgan aktrisani" "e'tirof etishdi", ekranlarda bu aktrisa #Fake Actress xeshtegi ostida ko‘rsatilgan. Bu aktrisa Megan Foks, Juliya Roberts, Naomi Uotts, Sheylin Vudli va aktyor Tayler Perrini mukofotsiz qoldirdi.

Shuningdek, eng yomon aktyor va eng yomon rejissyor nomlariga ushbu hujjatli filmda o‘z-o‘zini o‘ynagan Dinesh D`Souza topildi. D`Souza bu borada taniqli aktyorlar Ben Afflek, Genri Kavill, Robert De Niro, Ben Stiller va Jyerard Batlerni ortda qoldirdi.

Ikkinchi plandagi eng yomon aktyorlar sifatida Jyessi Ayzenberg va Kristen Uig topildi.

Eng yomon ssenariy va eng yomon sikvel yo‘nalishida antimukofotlarni "Betmen Supermenga qarshi" filmi oldi. O‘z faoliyatida ikkinchi "malinani" Mel Gibson "Vijdon yuzasidan" filmi rejissyorligi uchun oldi. E'tiborlisi bu film shuningdek 6 ta yo‘nalish bo‘yicha "Oskar" mukofotiga da'vogarlik qilmoqda.

"Oltin malina" mukofoti sovrindorlari plastmassadan yasalgan va tilla rangdagi bo‘yoq bilan bo‘yalgan malina bilan taqdirlanadilar. Mukofotning tannarxi 5 dollardan kamroqni tashkil qiladi. 

Mavzuga oid
Top