Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Futbolchi arilar haqida eshitganmisiz! Britaniyaliklar buning uddasidan chiqdilar
Qirolicha Mariya nomidagi London universiteti olimlari hasharotlar bir-birlarini kuzatib, o‘zaro tajriba almashishga qodirliklarini isbotlash uchun tukli arilarni "futbol" o‘ynashga o‘rgatdilar. Bu haqda Science nashri xabar bermoqda.
Buning uchun arilar sharchani markazdagi doiraga olib borishlari kerak bo‘lgan "maydonchaga" joylashtirilganlar. Olimlar namuna sifatida arilarning rangiga o‘xshash bo‘lishi uchun qora-sariq chiziqli tayoqchalarni qo‘llab, arilarga nima qilish kerakligini ko‘rsatib berishgan. Arilar topshiriqni to‘g‘ri bajargan har bir urinishlari uchun shirin sirop bilan "mukofotlanishgan".
Olimlar bir necha arini o‘rgatish ular qolgan arilarga o‘z ko‘nikmalarini ko‘rsatish uchun kifoya qilishini aniqlashgan. Natijada ma'lum vaqtdan keyin tajriba tayoqchalari yoki arilar harakatini kuzatgan boshqa arilar "futbol" bilan o‘zlariga shirinlik ishlab topishga "o‘rganib olganlar".
Maqolada aytilishicha, kuzatuv orqali o‘rganish bilim olishning eng murakkab shakllaridan biri hisoblanadi. Avvallari hasharotlar bunga qodir emaslar, deb hisoblab kelingan.
Mavzuga oid
23:12 / 27.02.2026
Mundial yilidagi mavsum: kim favorit?
15:01 / 12.02.2026
«O‘zbekneftgaz» futbol klublariga homiylik qilishni to‘xtatadi
14:47 / 04.05.2025
“Inter Milan” klubi har qanday jamoa uchun boshog‘riq bo‘la oladi” – Orif Tolipov
10:41 / 22.02.2025