20:05 / 25.02.2017
19198

Kim Chen Nam qotilligida ayblanuvchi ayol marhumga hujumni hazil deb o‘ylagan

Kim Chen Nam qotilligida ayblanayotgan, Indoneziya fuqarosi Siti Aysia marhumga hujumi uchun 90 dollar olgan. Ayol bo‘layotgan voqealarni hazil deb o‘ylagan, deb aytmoqda Indoneziyaning Malayziyadagi elchisi o‘rinbosari Andreano Ervin. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.  

"U bu ishni undan kim so‘ragani haqida umumiy holda gapirib berdi. Uning aytishicha, u bolalar yog‘iga o‘xshash modda olgan", deb aytdi gumonlanuvchi bilan uchrashgan Ervin. Ervinning aytishicha, hozircha ayolga hech qanday ayblov e'lon qilinmagan.

Shimoliy Koreya prezidenti Kim Chen Inning akasi Kim Chen Nam 13 fevralda Kuala-Lumpur aeroportida hujumga uchragandan keyin vafot etgan. Malayziya politsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, u asab-falajlovchi ta'sirga ega VX zahari yordamida o‘ldirilgan.

Aeroport videokameralaridan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, marhum ikki ayol tomonidan hujumga uchragan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ayollardan biri marhumning yuziga zaharli modda bilan to‘yintirilgan dastro‘mol otgan. Shuningdek, ayollar Kim Chen Namni zaharlangan ignalar yordamida o‘ldirganlar, degan taxmin ham bor.

Mavzuga oid
Top