16:59 / 25.02.2017
13410

“Parij avvalgi Parij emas” yoki Trampning so‘zlari Ollandni darg‘azab qildi

Fransiya prezidenti Fransua Olland amerikalik hamkasbi Donald Trampni Fransiyaga ishonchsizlik bilan munosabatda bo‘lmaslikka chaqirdi, deb xabar bermoqda Frans Press agentligi.

Tramp juma kungi chiqishlaridan birida besh yildan beri Parijga bormayotgan do‘sti Jim haqida eslab o‘tgan. U avval bu shaharga doimiy ravishda tashrif buyurgan, ammo uning so‘zlariga ko‘ra “Parij avvalgi Parij” emas.

"Do‘stona mamlakatga hattoki kichik miqdordagi ishonchsizlikni ko‘rsatish ham – bu yaxshi emas... Bu men do‘stona mamlakatga nisbatan munosabatim emas, hamda AQSh prezidentini Fransiyaga nisbatan bunday qilmaslikka chaqiraman", - deya Ollandning so‘zlarini keltiradi agentlik.

Avvalroq Amerika yetakchisining so‘zlariga Fransiya poytaxti hokimi Ann Idalgo ham o‘z munosabatini bildirgandi. U Mikki Maus va uning do‘sti Minni bilan birga suratga tushib, tasvirni Twitter’dagi mikroblogiga joylashtirdi hamda bu orqali Trampning Parij o‘zining turistik jozibadorligini yo‘qotgani haqidagi so‘zlarini rad etmoqchi bo‘ldi.

Idalgo mikroblogidagi Donald&Jim xeshtegli boshqa xabarida 2017 yilning birinchi choragida amerikalik sayyohlarning Parij mehmonxonalarida xonalarga buyurtma berish bo‘yicha murojaatlari bir yil avvalgi ko‘rsatkich bilan taqqoslaganda 30 foizga oshganini qayd etgan.

Mavzuga oid
Top