08:26 / 25.02.2017
4586

Spiegel: Germaniya razvedkasi jahon OAV jurnalistlarini ta'qib qilgan

Foto: Germaniya razvedkasi

Germaniya maxsus xizmatlari 18 yil mobaynida xalqaro OAV xodimlarini kuzatishgan, deb yozmoqda Spiegel nashri.

Gazetaning yozishicha, nemis razvedkasi qator OAVning telefon raqamlari va elektron pochtalarini 1999 yildan beri kuzatgan. 

Aniqlik kiritilishicha, London va Afg‘onistondagi BBC telekanali, Afg‘onistondagi The New York Times jurnalistlari hamda Reuters agentligining Afg‘oniston, Pokiston va Nigeriyadagi xodimlari nazorat ostida bo‘lgan. 

Hozircha, ushbu ma'lumotga doir rasmiy izoh berilgani yo‘q. 

Mavzuga oid
Top