Jamiyat | 07:35 / 26.02.2017
9637
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada odamlarni bosib ketgan haydovchining shaxsi aniqlandi

© AFP 2017/ Thomas Lohnes

Germaniyaning Geydelberg shahrida bir guruh odamlarning avtomobilda bosib ketilishi oqibatida jabrlanganlardan biri halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda DPA axborot agentligi.   

Ta'kidlanishicha, halok bo‘lgan odam erkak bo‘lgan va u olingan jarohatlardan shifoxonada vafot etgan. Erkak Germaniyaning 73 yoshli fuqarosi bo‘lgan.

Yana ikki jarohatlangan – Avstriyaning 32 yoshli erkak fuqarosi hamda Bosniya va Gertsegovinaning 29 yoshli ayol fuqarosi tibbiy yordam ko‘rsatilgandan keyin uylariga qo‘yib yuborilganlar.

25 fevralda mahalliy vaqt bilan soat 16:00da pichoq bilan qurollangan kimsa avtomobilda piyodalarni ataylab bosib ketgan. Buning oqibatida 3 kishi jarohat olgandi. Politsiyachilar bosqinchi voqea joyidan yashirinmoqchi bo‘lganda uni yaralashgan. U boshqargan qora rangdagi Opel markasidagi mashina shahar markazidagi piyodalar hududiga kirishda voqea joyidan 150 metr uzoqlikda to‘xtatilgan.  

Keyinroq aniqlanishicha, hujumni amalga oshirgan shaxs Germaniyaning 35 yoshli fuqarosi bo‘lgan. Ayni vaqtda u shifoxonada bo‘lib, operatsiya qilingan. Uning hozirgi ahvoli haqida hech narsa ma'lum qilinmagan.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda tergovda erkak terakt amalga oshirmoqchi bo‘lganiga ishora qiluvchi isbotlar yo‘q.  

AQShning Yangi Orleanida avtomobil olomonni bosib ketdi>>>

Mavzuga oid