Qirğizistonning Öş şahri Anor tumanida bir erkakning zöravonlik alomatlari bilan öldirilgan jasadi topildi. Bu haqda Turmush naşri xabar bermoqda.
Voqea 24 fevralda soat 07:00larda yuz bergan.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, 34 yoşli erkak bolta bilan öldirilgan. U olingan jarohatlardan voqea joyida jon bergan. Erkak şu tumandagi uylardan birida yaşagan.
Keyinroq huquq-tartibot muassasalarida ma'lum qilinişiça, marhum Öş şahrida yaşovçi J.K. ismli, 1983 yilda tuğilgan şaxs bölib çiqqan.
Erkakning boşi va tanasida sançuvçi-kesuvçi buyumdan qolgan bir neçta jarohatlar aniqlangan. Erkak Öşdagi AYoQŞlardan biri egasi bölgan.
Avvalroq naşr Öşning markaziy maydonidagi töpolonda piçoq jarohati olgan tadbirkor haqida xabar bergan. Ma'lum bölişiça, janjal iştirokçilari jarohat olgan A.T. va öldirilgan 34 yoşli J.K. bölgan. Ular biznes-hamkorlar va döstlar bölganlar.
Dastlab piçoq jarohati olgan A.T. IZYuM restoranida bir guruh kimsalar bilan janjallaşib ketgani taxmini bildirilgan. Biroq restoran ma'muri u yerda heç qanday janjal bölmaganini ma'lum qilgan.
Uning aytişiça, bu ikki tadbirkor restoranda bölmagan. "Bizning restoran har kuni 01:00gaça işlaydi. Öşa kuni 16 fevralda, biz restoranni odatdagidek yopganmiz. Hamma yoq tinç edi. Biz restoranni yiğiştirib bölganimizda soat 03:00 bölgandi. Biz uyga qaytayotganimizda markaziy maydonda kimlardir urişayotgani, kimnidir piçoqlaşganini eşitdik. Aniqlanişiça, piçoqdan jarohat olgan kimsa bizning restoranda dam olgan ekan. Öşa keça u ikki örtoği bilan birga bölgan va restoranni tinçlik bilan tark etgan. Ular heç kim bilan janjallaşişmagandi", deb aytgan ma'mur.
A.T.ga piçoq bilan jarohat yetkaziş holati böyiça gumonlanuvçi qölga olingan. U tergov izolyatoriga joylaştirilgan. Yana ikki gumonlanuvçi qidirilmoqda.
















