17:56 / 27.02.2017
11029

«Lokomotiv» OChLning guruh bosqichidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Bugun, 27 fevral kuni Toshkentda «Lokomotiv» klubi Osiyo Chempionlar ligasining 2-turi doirasida BAAning «Al-Ahli» klubini qabul qildi.

Uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Dastlab, o‘yinning 20-soniyasida toshkentliklar jamoasi hujumchisi Salamat Qutiboyev tezkor gol kiritdi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa Marat Bikmayev hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. 

O‘yinda shu hisob saqlanib qoldi va «Lokomotiv» guruh bosqichidagi dastlabki 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Ilk turni Saudiyada «At-Taavun» klubiga qarshi o‘tkazgan «temiryo‘lchilar» 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi. «Al-Ahli» esa o‘z maydonida Eronning «Istiqlol» klubi ustidan 2:1 hisobida zafar quchgan.

OChL–2017. A guruhi, 2-tur
«Lokomotiv»«Al-Ahli» 2:0
Gollar: Quttiboyev (1), Bikmayev (57)
Ogohlantirish: Said Ahmad Adbulla (75)
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Salamat Quttiboyev (Quvondiq Ro‘ziyev, 87), Marat Bikmayev, Sardor Mirzayev, Timur Kapadze, Islom To‘xtaxo‘jayev, Shuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteyev (Sherzod Fayziyev, 90), Muhammad Kone, Jaloliddin Masharipov (Nore Krizo, 72).
«Al-Ahli»: Hamis Salmin, Asamoa Gyan (Said Jassim Hasan, 25), Al Fardan, Volid Abbos, Everton Ribeyro, Hamis Ismoil, Majid Nosir, Muhammad Sebil (Abdulaziz Husayn Haikal, 46), Abdulaziz Sanqur, Majid Hassan (Said Ahmad Abdulla, 73), Makete Diop.

Top