19:10 / 27.02.2017
15831

Putin Tojikiston prezidentini Rossiyaga taklif qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tojikiston yetakchisi Imomali Rahmonni Rossiyaga o‘zi qulay vaqtda kelishga taklif qildi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

Prezidentlarning qo‘shma bayonotida aytilishicha, taklif minnatdorchilik bilan qabul qilingan.

27 fevral kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralarda tomonlar Rossiya va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlarning kelajakdagi rivoji hamda xalqaro kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan fikr almashishdi.

Shuningdek hujjatda aytilishicha, Putin va Rahmon muzokaralar chog‘ida Rossiya va Tojikiston o‘rtasidagi 25 yillik diplomatik munosabatlar paytida ikki tomonlama strategik sheriklik hamda ittifoqchilikning kuchli va keng qamrovli tizimi o‘rnatilganini qayd etishgan.

Avvalroq Putin Tojikistonni mintaqa xavfsizligi va barqarorligidagi muhim davlat sifatida atagani haqida xabar bergandik.

Top