21:16 / 27.02.2017
9825

Putin Tojikistondan agrar mahsulotlar yetkazilishiga qiziqish borligini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvaning Tojikistondan agrar mahsulotlar yetkazilishiga qiziqishi borligini aytdi.

Putin bu haqda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokaralar natijalariga ko‘ra o‘tkazilgan matbuot-anjumanida ma'lum qildi.

"Qishloq xo‘jaligida ham o‘zaro manfaatli kooperatsiyani kengaytirish uchun yaxshi istiqbollarni ko‘rmoqdamiz. Rossiya Tojikistondan agrar mahsulotlari yetkazib berilishi ko‘paytirilishidan manfaatdor", deb aytdi Putin.

Putinning aytishicha, tojikistonlik ishlab chiqaruvchilarga Rossiyaga mahsulotlarni yetkazishda yordam berish uchun Rossiya temir yo‘llari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashish uchun imtiyozli narxlarni o‘rnatish amaliyotini davom ettirishga tayyor.

Top