15:51 / 27.02.2017
7089

Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalar kuchaytirildi

Yevropa ittifoqi BMT Xavfsizlik Kengashi qaroriga muvofiq, Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda YeI Kengashi bayonotida aytiladi.

«2017 yilning 27 fevral kuni Kengash KXDRga yangi cheklov choralarini qo‘llovchi normativ aktlarni qabul qildi. Bu aktlar BMT Xavfsizlik Kengashining 2016 yil 30 noyabrdagi 2321 (2016) rezolyutsiyasi bilan kiritilgan yangi cheklov choralarini nazarda tutadi», - deya ta'kidlanadi bayonotda.

Xabar qilinishicha, choralar “KXDRdan ko‘mir, temir va temir rudasi savdosi, shuningdek mis, nikel, kumush, rux va ushbu mamlakatlardan yodgorliklarni import qilishga taqiqni” ham qamrab oladi.

Bundan tashqari, Shimoliy Koreyaga yangi vertolyot hamda kemalar eksportiga ham cheklovlar qo‘yilgan bo‘lib, shuningdek, KXDRlik diplomatik missiyalar va diplomatlar Yevropa ittifoqida bittadan ortiq bank hisob raqamini ochishlari mumkin emasligi belgilab qo‘yildi.

Mavzuga oid
Top