14:35 / 27.02.2017
16192

Video: Niderlandiya chempionatida «yangicha» gol qayd etildi

«PSV Eyndxoven» jamoasi darvozaboni Yyerun Zut Niderlandiya chempionati doirasida Rotterdamning «Feyyenoord» klubiga qarshi o‘yinda antiqa gol o‘tkazib yubordi. 

O‘yinning 82-daqiqasida, hisob 1:1 bo‘lib turgan vaqtda qiziq hodisa ro‘y berdi. Zut o‘z darvozasi chizig‘i ustida to‘pni to‘xtatib qoldi, ammo u oyoqqa turmoqchi bo‘lganida to‘pni quchoqlab, uni darvoza hududiga o‘z qo‘li bilan olib kirdi. Bu vaqtda elektron tizim golni qayd etdi. Natijada «Feyyenoord» o‘z maydonida kechgan bu uchrashuvda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va g‘alabali seriyasini 10taga yetkazdi.

Top