09:52 / 27.02.2017
6739

"Jilmayuvchi" it internet ahlini rom qildi

Foto: mirror.co.uk.

Baffi laqabli it Angliyaning Oksfordshir grafligidagi o‘z shahrida mashhur it hisoblanadi. Buning sababi "oddiy" – it shunchaki jilmayishni biladi va bu bilan har bir odamni unga javoban tabassum qilishga majbur qiladi.    

The Daily Mirror nashrining ma'lum qilishicha, 13 yoshli jyek-rassel-terer zotidagi it hattoki muntazam ravishda o‘z muxlislaridan birgalikda selfiga tushish iltimoslarini oladi.

Baffining egasi, maktab farroshi bo‘lib ishlaydigan 49 yoshli Jill Koksning aytishicha, u iti jilmayishini 4 yil avval payqab qolgan. Hozirda Baffi bir kunda bir necha martalab "jilmayadi".

"U buni kuniga bir necha martalab qiladi – uxlaganida, bog‘da yurganida, ovqatini kutayotganda", deb aytmoqda ayol.

Ayolning aytishicha, odamlar o‘zlarini yomon his qilganlarida itning suratini ularga yuborishni so‘raydilar.

Top