11:14 / 28.02.2017
12971

BMT Rossiyaning "DXR" va "LXR" pasportlarini tan olishiga munosabat bildirdi

"Donetsk xalq respublikasi" va "Lugansk xalq respublikasi" aholisiga pasportlar kerak, biroq bu Minsk kelishuvlarini bajarishga xalaqit bermasligi kerak, deb ma'lum qildi BMTning qochqinlar masalalari bo‘yicha Oliy komissari Filippo Grandi. U o‘z pozitsiyasini «Kommersant'» gazetasiga bergan intervyusida bildirgan.

«Bir tomondan kishilarda hujjatlar bo‘lishi juda muhim. Biroq, boshqa tarafdan, Minsk tinchlik jarayonini qiyinlashtiruvchi qadamlar qo‘yilishi kerak emas. Men bu aynan shunday qadam demoqchi emasman – meni noto‘g‘ri tushunmang. Biroq asosiy maqsad – hal qilish ekanini yodda saqlash kerak», — dedi Grandi.

Komissar bu hujjatlar o‘ziga xos "Nansen pasportlari"ga o‘xshash bo‘lishi mumkinligi haqida gapirar ekan, ular Millatlar ligasi tomonidan fuqaroligi yo‘qlarga berilganini ta'kidlab o‘tdi.

Avvalroq Kreml Rossiya nima uchun "DXR" va "LXR" pasportlarini tan olganini tushuntirib berdi. 

Eslatib o‘tamiz, 18 fevral kuni Putin Donbassda yashayotgan Ukraina fuqarolari hujjatlarini tan olish haqidagi farmonni imzolagandi. 

Mavzuga oid
Top