08:20 / 28.02.2017
6356

HRW: Mo‘sulda jangarilar qo‘l ostida yuz minglab tinch aholi qolmoqda

Foto: AP

Iroqning Mo‘sul shahrida IShID jangarilari qo‘l ostida yuz minglab tinch aholi qolmoqda, deb ma'lum qildi Human Rights Watch huquqni himoya tashkilotining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika departamenti katta tadqiqotchisi Belkis Ville.

"Hanuzgacha Mo‘sulning g‘arbiy qismida IShID nazorati ostida yuz minglab tinch aholi qolmoqda. Bu odamlar oziq-ovqat, toza ichimlik suvi, dori-darmonga katta ehtiyoj sezmoqda. Janglar davom etar ekan, bu odamlar ushbu narsalarsiz qanchalik uzoq vaqt qolishlarini bilmaymiz", deb aytdi mutaxassis RT telekanali efirida. 

Bundan tashqari, kim jangari, kim oddiy fuqaro ekanligini farqlashda ham muammolar mavjud. 

"Mo‘sul ko‘chalari bo‘ylab yurib, kim oddiy fuqaro, kim jangari ekanligini farqlash juda murakkabdir", deb aytdi Ville.

Mavzuga oid
Top