08:07 / 28.02.2017
4632

Qirg‘izistonda 14 yoshli avtomobil o‘g‘risi ushlandi

Qirg‘izistonda avtomobil o‘g‘irlashda gumon qilinib 14 yoshli o‘spirin qo‘lga olindi. U qonuniy vakillar kuzatuvida militsiya hududiy bo‘linmasiga olib kelingan. Bu haqda respublika IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Uning ma'lumotlarga ko‘ra, O‘sh viloyati ichki ishlar bo‘limiga Qorasuv tumani Yangiariq qishlog‘ining 26 yoshli fuqarosi murojaat qilgan. U O‘sh shahri ko‘chasida qoldirgan Nissan Primera avtomashinasi o‘g‘irlanganini ma'lum qilgan. 

Bundan tashqari, bishkeklik 28 yoshli T. K. Subaru Legacy avtomobilini To‘qmoqdagi avtoyuvish joyida qoldirganini, qaytganida mashinasini topa olmaganini aytib ariza topshirgan. Operativ-qidiruv ishlarida 24 yoshli N.N ham qo‘lga olingan.

Hozirda ikkala gumonlanuvchi, aniqlangan avtomobillar va materiallar tergov organlariga topshirilgan. 

Mavzuga oid
Top