08:36 / 28.02.2017
7208

Qirg‘izistonda muxolifatchi Tekebayev tarafdorlari namoyish uyushtirishdi

Foto: sputnik

27 fevralda Qirg‘izistonning "Ata Meken" partiyasi yetakchisi Omurbek Tekebayev tarafdorlari sobiq harbiy sud binosidan mamlakatning milliy xavfsizlik qo‘mitasi binosiga yo‘l olishdi.

Shu kuni avvalroq Bishkekning Birinchi may tumani sudi Tekebayevni firibgarlik va korrupsiya ayblovi bo‘yicha ikki oyga hibsga olish qarorini chiqargandi.

Parlament deputatlari Natalya Nikitenko va Kanibek Imanaliyev jurnalistlarga Tekebayevga nisbatan Qirg‘iziston jinoyat kodeksining barcha me'yorlari qo‘pol ravishda buzilganini ma'lum qilishgan. Ularning fikricha, ushbu hukm Qirg‘izistondagi demokratiyaga berilgan zarbadir.   

Deputatlar, shuningdek, norozilik aksiyalari davom etishini ta'kidlab o‘tishdi. Tekebayev tarafdorlari uning ishining adolatli tergov qilinishiga erishishmoqchi.

Tekebayev "ba'zi xizmatlari uchun" rossiyalik tadbirkordan 1 mln dollar olib, zimmasiga olgan "majburiyatlarni" bajarmay, pulni qaytarib bermaganlikda va tadbirkorga tahdid qilishda ayblanmoqda.

Mavzuga oid
Top