Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Qirg‘izistondagi bazani yopishga tayyor ekanligini ma'lum qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kant bazasini Qirg‘izistonga Rossiya yordami kerak bo‘lmaydigan bo‘lsa, yopishga tayyor ekanligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS.
«Qirg‘iziston qachonlardir - biz o‘z Qurolli kuchlarimizni shu qadar mustahkamladikki, bunday baza kerak emas, deb aytsa, biz o‘sha kuniyoq bu yerni tark etamiz», - deya ma'lum qildi Putin Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev bilan muzokaralar yakunida.
Avvalroq Atamboyev Rossiya harbiy bazasi respublikadan “ketishi kerakligini” ma'lum qilgandi.
Qirg‘iziston hududida Rossiyaning birlashgan harbiy bazasi joylashgan: Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining tez harakatlanish Kollektiv kuchlari aviatsiya bazasi, Qorako‘l shahridagi harbiy-dengiz sinov bazasi, Chaldovar posyolkasidagi aloqa nuqtasi hamda Mayluu-Suu shahridagi avtomonom seysmik markaz.
Mavzuga oid
19:27 / 21.02.2026
Qirg‘izistonda prezidentga bo‘ysunadigan tergov qo‘mitasi tuziladi
13:38 / 20.02.2026
Putin biznesdan tug‘ilishni oshirishda faol ishtirokni talab qildi
14:31 / 19.02.2026
Mers Putin bilan munosabatlar normallashishini «deyarli istisno etdi»
20:11 / 18.02.2026