20:29 / 28.02.2017
37736

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktorini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 fevral kuni Toshkentga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkinni qabul qildi. 

O‘zA xabariga ko‘ra, prezident mehmonni qutlar ekan, ikki mamlakatning zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish sohasidagi o‘zaro hamkorligi yuksak darajada ekanini alohida ta'kidladi. 

Suhbat chog‘ida ekstremizm, terrorizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. 

S.Narishkin qabul uchun Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirdi va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ezgu tilaklarini yetkazdi. 

Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori davlatlar xavfsizligini ta'minlash borasidagi dolzarb vazifalarni bajarishdagi o‘zaro hamkorlik darajasini yuqori baholadi. 

Top