21:13 / 28.02.2017
7709

ShHTga a'zo davlatlar harbiylari o‘zaro hamkorlik rejasini muhokama qilishdi

Qozog‘iston qurolli kuchlarining milliy harbiy-vatanparvarlik markazida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar mudofaa vazirliklarining xalqaro hamkorlikka javob beruvchi bo‘linmalari boshliqlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.    

Qozog‘iston mudofaa vazirligining ma'lum qilishicha, yig‘ilish 2016-2017 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik rejasiga muvofiq tashkillashtirilgan. Yig‘ilishda ko‘rilgan asosiy mavzular mudofaa vazirlarining bo‘lg‘usi yig‘ilishi masalalari, ShHTga a'zo davlatlar mudofaa vazirliklari hamkorlik rejasining 2017 yilda amalga oshirilishining borishi bo‘ldi.       

Uchrashuv ishtirokchilari 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi loyihasini va tashkilot doirasidagi hamkorlikning boshqa dolzarb masalalarini muhokama qilishdi. 

Top