Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp ma'lumotlar sizib chiqishida Obamani aybladi
AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida OAVga uni obro‘sizlantirishni maqsad qilgan ma'lumotlar sizib chiqishi ortida sobiq prezident Barak Obama va uning odamlari turganini ma'lum qildi.
«O‘ylashimcha, prezident [sobiq] Obama bu ishlarning ortida turibdi, sababi uning odamlari bunga aniq aloqador. Sizib chiqqan ma'lumotlardan ba'zi biri ehtimol, aynan shu guruhdan tarqatilmoqda», - dedi Tramp.
Amerika yetakchisining aniqlik kiritishicha, u “juda jiddiy sizib chiqishlar” haqida gapirgan hamda ular mamlakat milliy xavfsizligiga o‘ta salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Shu bir birga, Tramp gap aynan qaysi sizib chiqqan ma'lumotlar haqida ketayotganiga oydinlik kiritmadi.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, hech kim hech qachon AQSh siyosatining sahna ortida nimalar ro‘y berayotganini aniq bilmaydi.
Trampning fikricha, uning siyosiy faoliyatiga tegishli ma'lumotlarning sizib chiqishi, aftidan davom etadi.
Avvalroq Donald Tramp tvitter’dagi sahifasida FQB davlat ma'lumotlarining OAVga sizib chiqishini to‘xtatib qola olmayotgani tufayli darg‘azab bo‘lgandi.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026