Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek telekanallarining ommaboplik reytingi e'lon qilindi
Joriy yilning 22 fevralidan 24 fevraliga qadar Telegram’dagi ommabop kanallarda O‘zbekistondagi telekanallarning reytingini aniqlash maqsadida so‘rovnoma tashkil etildi.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Uzreport TV, Milliy TV va MY5 telekanallari kuchli uchlikdan joy oldi. Tahlillar Telegram’dagi mingdan ziyod auditoriyaga ega 7 ta kanallarda o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, ko‘ngilochar telekanallar orasida tomoshabinlarning nisbatan ko‘p qismi Milliy TV’ni, axborot kanallari orasida esa Uzreport TV’ni qayd etishgan.
Internetdagi ovoz berish natijalari shuni ko‘rsatdiki, so‘rovchilarning 36,6 foizi Uzreport TV’ni, 17,8 foizi Milliy TV’ni tomosha qilishlarini ta'kidlashgan, uchinchi o‘rinni esa so‘rovchilarning 17,7 foiz ovozi bilan MY5 telekanali egalladi.
Reytingning keyingi pog‘onasida quyidagi telekanallar qayd etildi: Kinoteatr (9,3%), Yoshlar (4,8%), O’zbekiston (4,2%), Sport (3,0%) va yangi ochilgan Zo’r TV (2,3%).
So‘rovnoma turli tashkilotlarning reklama kampaniyalari faoliyatini samarali rejalashtirish uchun teletomoshabinlarning obektiv munosabatini bilish maqsadida o‘tkazildi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
10:39 / 20.02.2026
Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar: hududlar reytingi e’lon qilindi
07:18 / 13.02.2026
Oltin zaxiralari bo‘yicha global reyting: xaridorlar va sotuvchilar
14:54 / 11.02.2026
O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari milliy reytingi joriy etiladi
07:19 / 03.02.2026