16:59 / 01.03.2017
15213

Internetda Samsung Galaxy S8 surati paydo bo‘ldi

Taniqli insayder Evan @evleaks Blass o‘z mikroblogida Janubiy Koreya kompaniyasining yangi qurilmasi fotosuratlarini taqdim etdi.

"O‘ylashimcha, bu - siz uzoq kutgan narsa", - deya izoh bergan Blass sizib chiqqan fotosuratga.

Tasvirga ko‘ra, Galaxy S8 smartfonida Home tugmachasi bo‘lmaydi, displeyning yon tarafidagi ramkalar esa deyarli yo‘qoladi. Shuningdek tepa qismda ko‘zning rang pardasini skanerdan o‘tkazishga mo‘ljallangan maxsus datchik ham bo‘ladi. U Galaxy Note 7’da ham bo‘lgandi.

Avvalroq sizib chiqqan ma'lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, Samsung yangi qurilmasi ikki nusxada chiqadi: diagonali 5,8 va 6,2 dyuymga teng displeylarda. Har ikki nusxa ham simsiz quvvatlantirish funksiyasiga ega bo‘lib, chang va namlikdan himoyalangan.

Fevral oyi oxirida Janubiy Koreya kompaniyasi yangi smartfonning taqdimotiga taklifnomalar jo‘nata boshladi – u Nyu-Yorkda 29 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Kompaniya bo‘lajak qurilmaning o‘ziga xos jihatlari haqida hech qanday ma'lumot bermadi.

Mavzuga oid
Top