08:38 / 01.03.2017
3885

Italiya Kubogi. «Yuventus» «Napoli»ga qarshi o‘yinda penaltidan 2 gol urib g‘alaba qozondi

Italiya Kubogining yarim final bosqichida dastlabki o‘yin bo‘lib o‘tdi. «Yuventus» o‘z maydonida «Napoli»ni qabul qildi va irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Birinchi bo‘limda Kallejon «Napoli»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda esa Dibala 2ta penaltini golga aylantirdi, Higuain esa bir marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi — 3:1.

Javob o‘yini 5 aprelda bo‘lib o‘tadi.

Italiya kubogi, 1/2 final, dastlabki o‘yin
Yuventus – Napoli 3:1 (0:1, 3:0)
Gollar: 0:1 – 36 Kallejon, 1:1 – 47, penalti Dibala, 2:1 – 64 Higuain, 3:1 – 69, penalti Dibala. 
Yuventus – Neto, Bonuchchi, Kellini, Lixtshtayner (Kuadrado, 46), Bardzali, Pyanich, Asamoa (Aleks Sandro, 73), Xedira, Manjukich, Dibala (Pyatsa, 84), Higuain.
Napoli – Reyna, Albiol, Strinich, Madjo, Kulibali, Hamshik (Zelinski, 57), Diavara, Kallejon, Rog (Pavoletti, 83), Insine, Milik (Mertens, 61).
Ogohlantirishlar: Diavara (21), Asamoa (26), Milik (38), Lixtshtayner (40), Rog (58), Madjo (68), Reyna (68).

Mavzuga oid
Top