Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning "2017 yilgi Navröz umumxalq bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida"gi qarori e'lon qilindi. Qaror matni ÖzA tomonidan keltirilgan.

Azal-azaldan xalqimizning ezgu va gözal qadriyatlarini, uning olijanob orzu-intilişlarini özida mujassam etib, qadim ajdodlarimizdan bizga ölmas meros sifatida bezavol ötib kelayotgan Navrözi olam mustaqillik yillarida mamlakatimizda yaşayotgan millati, tili va dinidan qat'iy nazar, barça vatandoşlarimiz orziqib kutadigan, tom ma'nodagi umumxalq bayramiga aylanib qoldi. 

Şarqona yangi yilning boşlanişi, tabiat uyğonişining ramzi, asl milliy, eng ardoqli bayram bölmiş Navrözning yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bağrikenglik va bunyodkorlik, xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlaş, yoş avlodni milliy an'analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirişdagi örni va ta'siri tobora ortib borayotganini inobatga olib hamda bu qutluğ ayyomni yuksak saviyada nişonlaş maqsadida: 

1. 2017 yilgi Navröz umumxalq bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça taşkiliy qömita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 

Taşkiliy qömita Navröz bayramini poytaxtimiz Toşkent şahrida, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, barça şahar, tuman va qişloqlarda umumxalq sayillari şaklida yuqori darajada ötkazişga qaratilgan taşkiliy-amaliy, madaniy-ma'naviy tadbirlar rejasini ön kun muddatda işlab çiqsin va amalga oşirsin. 

2. Tadbirlar rejasini tayyorlaşda quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratilsin: 

Navröz kunlarida insonning tabiat bilan uzviyligini, özini uning ajralmas bir qismi sifatida his etişini ifoda etadigan, atrof-muhitni, ona zaminni ardoqlab, uning ne'matlarini, bugungi tinç hayotni qadrlab, şukronalik tuyğusi bilan yaşaşga da'vat qiladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni uyuştiriş; 

- barça şahar va qişloqlarda bölib ötadigan tadbirlarda, ommaviy axborot vositalarida Navröz bayramining tarixi, uni nişonlaş bilan boğliq urf-odatlar, an'analar va qadriyatlarimizning mohiyati va ahamiyatini keng yoritiş; 

- Navrözning ruhi va falsafasida öz aksini topgan mehr-muruvvat, ahillik va totuvlik, yoşi uluğ insonlar, tabarruk otaxon va onaxonlarni har tomonlama e'zozlaş, kömakka muhtoj insonlarga beğaraz yordam beriş bilan boğliq xayriya tadbirlarini amalga oşiriş;