00:19 / 01.03.2017
10263

Tojikiston sharqida 5,4 magnitudali zilzila yuz berdi

28 fevralda Tojikiston sharqida 5,4 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi portalida ma'lum qilindi.  
  
Zilzila markazi Dushanbedan sharqqa tomon 319 km uzoqlikda, o‘chog‘i esa 112 km yer ostida bo‘lgan. Zilzila markazida uning magnitudasi 5,4 ballni tashkil qilgan.  

Jarohatlanganlar va qurbonlar haqida ma'lumotlar berilmagan.

Top