AQSh va Isroilning ittifoqi buzilmasdir, deya bayonot berdi Amerika davlat rahbari Donald Tramp Kongressning ikkala palatasi oldidagi ma'ruzasida.
"Men Eron ballistik raketalar dasturini qo‘llab-quvvatlovchi shaxslar va tashkilotlarga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qildim. Shu bilan yana bir marta Isroil bilan ittifoqimiz mustahkamligini namoyish qildim", — degan Tramp.
AQSh fevral oyi boshlarida Eronga nisbatan yangi sanksiyalarni kiritdi. Ro‘yxatga 13 nafar jismoniy shaxs — Eron, BAA, XXR, Kuvayt va Livan fuqarolari hamda Eron, Livan, XXR va BAAda joylashgan 12ta kompaniya kiritilgan.
Ma'lumki, AQSh xalqaro maydonda Isroilning azaliy ittifoqchisi hisoblanadi.