15:47 / 01.03.2017
16085

«Urganch-Xiva» trolleybusi yo‘nalishida yo‘l haqlari belgilandi

Xorazm viloyati hokimiyati tomonidan «Urganch-Xiva» trolleybus yo‘nalishida yo‘lovchilar va bagaj tashish haqini belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Hujjat muhokama uchun O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portaliga joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, shahar atrofi yo‘nalishida har bir yo‘lovchi uchun bekatlararo yo‘lovchi va bagaj tashish haqi belgilangan tarif jadvali bo‘yicha olinadi.

Qarorga muvofiq, «Urganch-Xiva» yo‘nalishidagi qatnayotgan trolleybusda yo‘lovchilar va bagaj tashish haqi quyidagicha belgilangan:

1. Yo‘lovchilar tashish haqi, shahar ishchi yo‘nalishida - 700 so‘m
“Urganch-Xiva” (bir tomonga) - 1200 so‘m

2. Bagaj tashish haqi, shahar ishchi yo‘nalishida - 700 so‘m
“Urganch-Xiva” (bir tomonga) - 1200 so‘m

Mavzuga oid
Top