17:31 / 01.03.2017
8131

O‘zbekiston-Pokiston savdo uyi ochildi

Pokiston poytaxti Islomobod shahrida O‘zbekiston-Pokiston savdo uyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Pokiston OAV ma'lumotiga ko‘ra, savdo uyining inauguratsiya marosimi O‘zbekistonning Islomoboddagi elchixonasida seshanba kuni o‘tkazilgan.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov ishtirok etdi.

Marosim chog‘ida Ro‘ziqulov O‘zbekiston Pokistonda o‘z mahsulotini namoyish etayotganini ta'kidladi hamda Pokiston bu mahsulotlarga qiziqish bildiradi, deb umid qildi.

Top