08:25 / 01.03.2017
66189

O‘zbekistonda mehnat daftarchalari bekor qilinishi mumkin

Norma portali mutaxassislari mehnat stajini tasdiqlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha bir qator choralarni taklif qilishmoqda.

Dunyoning ko‘plab davlatlarida mehnat daftarchlari o‘rniga soliq to‘lovchilar, ishchilar, mehnatni hisobga olishning elektron tizimlaridan foydalaniladi.

O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, ayni vaqtda mehnat daftarchasi mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblansada, biroq amalda yagona hujjat emas. Amaliyotda pensiya miqdori belgilanayotganda mehnat staji mehnat daftarchasidan tashqari, ma'lumotnomalar, buyruqlardan ko‘chirmalar, oylik maoshi vedomostlari, mehnat shartnomalari, arxiv ma'lumotnomalari va boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanadi. 

Haqiqatda esa mehnat staji o‘rniga sug‘urta badallari to‘langan davrlar hisobga olinadi, bu esa mehnat daftarchasining qiymatini yo‘qqa chiqaradi. Bugungi kunda Pensiya jamg‘armasi mehnat staji haqidagi ma'lumotlarni byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestridan oladi.

Bu esa mehnat daftarchasi yuritishni boshqaruvchi xodimlarning ancha vaqtini talab qiluvchi ortiqcha ishga aylantiradi. Hozirda 2005 yildan boshlab biror odamning mehnat stajini mehnat daftarchasisiz ham olib borish mumkin. Bunda odamlar mehnat daftarchalari bilan tasdiqlashlari kerak bo‘lgan davrlar saqlanib qoladi, ya'ni bu 2005 yilgacha bo‘lgan mehnat stajidir.

Shularni hisobga olib, mutaxassislar mehnat daftarchalari yuritishni bekor qilishni taklif qilishmoqda. Bu qarorni tatbiq qilishni soddalashtirish maqsadida 2005 yilgacha bo‘lgan davr uchun mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat mehnat daftarchasi bo‘lib qolishi, 2005 yildan keyingi davr uchun esa jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari bo‘lishi taklif qilinmoqda. 

Top