20:39 / 01.03.2017
13555

Video: Fransiyalik futbolchi «yilning eng g‘alati goli»ni urdi

Kelib chiqishiga ko‘ra senegallik, Fransiya fuqarosi bo‘lgan, «Nyukasl» futbolchisi Muhammad Diame chempionship doirasida antiqa gol muallifiga aylandi. Mahalliy nashrlarda bu gol «yilning eng g‘alati goli» deya ta'riflanmoqda.

Ushbu futbolchi «Brayton»ga qarshi o‘yinning 80-daqiqasida gol urgan.

Videoda ko‘rish mumkinki, darvozabon to‘pni qaytargach, u jarima maydoni tashqarisida turgan «Nyukasl» futbolchisi Kristian Atsuga kelib tushgan. U esa to‘pga tezda zarba bergan, lekin uning yo‘lida uning jamoadoshi Deril Merfi chiqib qolib, to‘p yo‘nalishi o‘zgargan. To‘p yo‘lida turib qolgan Diame esa unga tovonini qo‘ygan va to‘p darvozaga qarab ketgan.

«Eng baxtiyor lahzalar. «Nyukasl» 3ta oyoqda gol urdi», deya yozilgan Eurosport UK xabarida.

«Tentakona, ahmoqona va qo‘rqinchli gol. Shu bilan birga o‘zgacha», deya ta'riflangan xabarlardan birida bu gol.

Diamening goli o‘yindagi vaziyatni o‘zgartirgan. 90-daqiqagacha raqib 1:0 hisobida oldinda borayotgandi, o‘yin esa «Nyukasl»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Top