22:53 / 02.03.2017
11079

AQSh "Al-Qoida"ning ikkinchi raqamli odamini yo‘q qildi

"Al-Qoida" terrorchilik tashkiloti AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Suriyada terrorchilik tashkilotining yetakchilaridan biri Abu al-Xayr al-Masriyni yo‘q qilganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Avvalroq AQSh razvedkasidan bo‘lgan amaldor al-Masriy uchuvchisiz parvoz qurilmasining zarbasi oqibatida yo‘q qilinganini ma'lum qilgan.

Razvedka vakili ma'lumotlariga ko‘ra, 26 fevralda Suriyaning shimolida Markaziy razvedka boshqarmasi droni al-Masriy ketayotgan mashinaga raketa bilan zarba bergan.

Terrorchi "Al-Qoida"da uning yetakchisi Ayman al-Zavaxiriydan keyin "ikkinchi odam" hisoblangan. 

Mavzuga oid
Top