Jahon | 12:41 / 02.03.2017
7951
1 daqiqa o‘qiladi

Demokratlar rus elchisi bilan gaplashgan AQSh bosh prokurori iste'foga chiqishini talab etmoqda

Demokratlar partiyasining Vakillar palatasidagi yetakchisi Nensi Pelosi mamlakat bosh prokurori Jyeff Seshnsni «yolg‘on qasam ichish»da aybladi va uning iste'fosini talab qildi. Bu haqda Politico xabar tarqatdi.

«Bosh prokuror iste'foga chiqishi kerak», — degan u o‘z bayonotida.

U shuningdek, ikki partiya a'zolaridan iborat mustaqil komissiya tuzilib, «Trampning ruslar bilan siyosiy, shaxsiy va moliyaviy aloqalarini tekshirish»ni talab qilgan.

Seshnsning iste'fosini Vakillar palatasi a'zolaridan yana biri Ellayj Kammings ham talab etgan.

Bundan oldinroq, The Washington Post nashrida Seshns o‘tgan yil yozida va kuzida, saylovoldi kampaniyasi davom etayotgan vaqtda Rossiyaning AQShdagi elchisi bilan uchrashib, muloqot qilgani haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid