18:25 / 02.03.2017
30341

Indoneziya prezidentiga layklar bosing

Indoneziya davlati yetakchisi Joko Vidodo o‘z hayoti haqida videobloglar yordamida hikoya qilishni yoqtiradi.

1 mart kuni prezident Vidodo o‘zining YouTube-kanalida Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdul-Aziz Al Saudni prezidentlik saroyida qabul qilishi tasvirlangan rolikni taqdim etdi.

U bunday videolar uchun #JKWVLOG xeshtegini ishlatadi, bu ularni kanalda joylashtirib boriladigan televizion reportajlar va rasmiy videolardan ajratib turish maqsadida qilinadi.

Vododo o‘zini kuzatib boradigan insonlarga Saudiya Arabistoni yetakchisini tanishtirdi, u esa, o‘z navbatida, Indoneziya xalqi bilan yonida o‘tirgan tarjimon orqali salomlashdi. Mashable Indoneziya prezidenti videoblogiga e'tibor qaratdi.

Vododo videoni juda ham ko‘p miqdorda joylashtirmaydi. Prezident fevral boshida futbol bo‘yicha Prezident kubogi tribunalaridan rolikni taqdim etdi.

Shuningdek o‘shanda u vazirlar bilan birga ko‘cha kafelaridan birida ovqatlanayotgani aks etgan videoni e'lon qilgan.

2016 yilning sentabrida Vododo kamondan o‘q otishga qanday o‘rganayotgani haqida hikoya qildi hamda fuqarolar savollariga javob qaytardi.

2016 yilning avgustida esa Indoneziya mustaqillik kunini nishonlash paytida kanalda tadbirdan jonli translyatsiya o‘tkazildi.

Indoneziya prezidenti YouTube’da ilk bor 22 yoshli o‘g‘lining videosida paydo bo‘ldi. Rolikda ular armrestling seansini o‘tkazishgan.

YouTube matbuot kotibining ma'lum qilishicha, servis Indoneziya prezidentiga kanaldagi 100 ming obunachi tufayli “Kumush tugmachani” sovg‘a qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vododo turli shakldagi videoni olishga qo‘rqmaydi hamda tajriba o‘tkazishni yoqtiradi, shuning uchun ham kishilar uning kanaliga kirishadi.

Vododo YouTube’dan tashqari Tvitter hamda Instagram’dan faol ravishda foydalanadi – bu yerda uning umumiy obunachilari soni 10 millionga yetgan.

Top