Qog‘ozistondagi yoqilg‘i stansiyalarida yana benzin narxi ko‘tarildi. Oshgan narxga yana qo‘shimcha uch tenge qo‘shilgan. Shu tariqa AI-92 markasi o‘rtacha 143 tenge turmoqda, deb xabar beradi Nuz.kz.
Nashrning xabar berishicha, Sinooil yoqilg‘i shoxobchalarida AI-92 benzini narxi 143 tenge, AI-95 hamda AI-96 narxi esa 155 tengega baholanmoqda.
Helios AYoQShlarida esa narxlar biroz arzonroq – bu yerda AI-92ning bir litri 142 teng, AI-95 esa 154 tengega teng.
"KazMunayGaz"da esa AI-92 narxi 141 tenge, 95 markasi esa – 154 tengeni tashkil etmoqda.
Bunga qadar AI-92 narxi o‘rtacha 140 tenge, AI-95 va AI-96 esa – 153 tengeni tashkil etgandi.
Ma'lumot uchun, mamlakatda benzin narxi 6 fevralda 140 tengega qimmatlashdi. Shu bilan birga, 21 fevralda AI-92 “Lukoyl” AYoQSh tarmoqlarida 145 tengegacha oshib ketdi.