Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rustam Azimov turk kompaniyalarini O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga taklif qildi
Toshkent Anqara bilan hamkorlikni mustahkamlamoqchi, xususan turizm sohasida. O‘zbekiston Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimov Anqarada Turkiya palatalar va birjalar ittifoqi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi raisi Rifat Hisorjiqli o‘g‘li bilan kengaytirilgan uchrashuvda shu haqida ma'lum qildi. "Anadolu" nashri shu mavzudagi maqolasi bilan bo‘lishdi.
Bosh vazir o‘rinbosari shuningdek turk kompaniyalarini O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga taklif qilgan.
O‘z navbatida, Hisorjiqli o‘g‘li mintaqada barqarorlik va farovonlikni ta'minlashda Turkiya va O‘zbekistonning katta rol o‘ynashini alohida ta'kidlagan.
"Mintaqa ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishdan manfaatdor. Hozir Turkiya va O‘zbekiston munosabatlarini yangi darajaga ko‘tarishning ayni vaqti", - dedi ittifoq raisi.
Uning ta'kidlashicha, so‘nggi 10 yil davomida mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash uch barobarga o‘sgan va 1,2 milliard dollarni tashkil qilgan.
"Biroq bu ko‘rsatkich mavjud salohiyatga muvofiq emas, shu bois ikki mamlakat ham hamkorlik aloqalarini kuchaytirishi kerak", - deya ta'kidladi Hisorjiqli o‘g‘li.
Mavzuga oid
19:10 / 21.02.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston temiryo‘l tashuvlari hajmini oshiradi
15:21 / 20.02.2026
2025 yilda O‘zbekiston bug‘doy uni importini qisqartirdi
11:34 / 19.02.2026
“Qizimizning jasadi topilsa, olib ketsak bo‘ldi” – Sayyoraning jasadi haligacha qidirilmoqda
06:00 / 19.02.2026