18:30 / 02.03.2017
23923

Toshkent metrosida internet paydo bo‘lishi mumkin

Eng yirik aloqa operatori Beeline milliy matbuot-anjumani doirasida 2016 yildagi faoliyati natijalarini sarhisob qildi.

Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Yefremov o‘z taqdimotida kompaniyaning o‘tgan yildagi kapital xarajatlari 533 milliard so‘mga yetganini belgilab o‘tdi. Bu haqda Beeline Axborot xizmati Kun.uz’ga xabar bermoqda.

Shuningdek, kompaniya Toshkent metropolitenida mobil internetni joriy qilish loyihasi hali ham davom etayotganini ma'lum qildi. 

“Loyiha to‘xtab qolmagan, biz bu yo‘nalishda ishlashda davom etamiz, poytaxt metropoliteni rahbariyati bilan kelishuvlar olib borilmoqda. Shuni qayd etish mumkinki, boshlang‘ich reja amalga oshirilishga tayyor, biroq obektiv sabablarga ko‘ra, ayrim ishlar kechiktirilmoqda”, — dedi Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Yefremov.

Kompaniya ayrim muammolarga qaramay, mazkur loyiha yaqin kelajakda amalga oshirilishiga umid bildirdi.

Mavzuga oid
Top