17:11 / 02.03.2017
16224

Hyu Jyekman uning o‘rnini faqat Shohrux Xon egallashi mumkinligini aytdi

So‘nggi 17 yilda Hyu Jyekmanning Rosomaxa roli ijrosini kuzatib kelayotgan odamlarni birgina savol qiziqtiradi - uning o‘rnini kim egallashi mumkin? "Times of India" shu haqida ma'lum qildi

Avstraliyalik aktyor oxir-oqibat o‘zining mashhur qahramoni bilan xayrlashishga qaror qildi. Jyekman "Logan" uning ijrosidagi "X-Men" filmlarining oxirgisi  bo‘lishini tasdiqladi. 

Hyu Jyekmandan uning mazkur filmdagi o‘rnini kim egallashi mumkinligi haqida so‘rashganida aktyor "Shohrux Xondan boshqa hech kim" degan fikr bildirgan.

Mavzuga oid
Top