18:48 / 02.03.2017
5689

O‘q o‘lchamidagi mo‘'jazgina fonarcha taqdim qilindi

Bullet deb nomlangan fonarcha o‘lchami bo‘yicha o‘qdan katta emas. Bunday fonarchani sumka, kurtka yoki kalitlar bog‘lamiga mahqamlab, yonda olib yurish qulaydir. Fonarchani ishlab chiqarganlarning maqsadi har kim o‘zi bilan qayerga bormasin olib yurishi mumkin bo‘lgan kichik va foydali qurilmani yaratishdan iborat bo‘lgan.

Bullet’ni suv ostida ishlatish mumkin. Uning yaratuvchilarining aytishlaricha, qurilma boshqa tashqi ta'sirlardan ham himoyalangan.    

Hozir fonarcha yaratuvchilari uni ommaviy ravishda ishlab chiqarish uchun Kickstarter kraudfanding maydonida mablag‘ yig‘ishmoqda. Dastlab jamoa 10 ming jalb qilishni rejalashtirgandi, biroq ko‘zlaganidan 12 marta ko‘proqni, ya'ni 125 ming dollar yig‘ishga ulgurdi. Qurilma o‘z egalariga 2017 yil noyabridan boshlab yetkazib beriladi. Fonarchaning narxi 15 dollarni tashkil qiladi. 

Top