Italiya markasining ikki eshikli superkarini pilot Marko Mapelli boshqardi. U Lamborghini’ning Nyurburgringdagi avvalgi eng tezkor varianti - Aventador SV vaqtini yetti soniyadan ko‘proqqa ortda qoldirdi. Seriyali mashinalar o‘rtasidagi avvalgi rekord sohibi - Porsche 918 Spyder 6 daqiqa 57 soniya natijani qayd etdi.
Lamborghini o‘zining YouTube-kanalida poyganing to‘liq videosini taqdim etdi.
Huracan Performante premerasi hali o‘tkazilgani yo‘q hamda avtomobil haqida rasmiy tafsilotlar ma'lum emas. Taxminlarga ko‘ra, yangi nusxa odatiy Huracan’dan 40 kilogrammga yengilroq bo‘ladi hamda 5,2 litrli 640 ot kuchiga ega V10 bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, qayta sozlangan va ikkita ulovchi mexanizmga ega robotlashtirilgan uzatmalar qutisi tezroq o‘zgartirilishi mumkin hamda model to‘siqlarida faol aerodinamik elementlar paydo bo‘ladi.











