00:19 / 03.03.2017
37129

Afg‘onistondan giyohvand moddalar yetkazib beriluvchi asosiy davlat qaysi ekanligi ma'lum qilindi

Rossiya Afg‘onistondan giyohvand moddalar noqonuniy yetkazib beriluvchi asosiy davlat bo‘lib qolmoqda, deb aytildi 2 mart kuni chop etilgan, AQSh davlat departamentining giyohvand moddalar aylanmasini nazorat qilish xalqaro strategiyasi ma'ruzasida. 

"Rossiya Afg‘onistondan Markaziy Osiyo davlatlari orqali giyohvand moddalar yetkazib beriluvchi muhim punkt bo‘lib qolmoqda", deyilgan ma'ruzada. Unda ta'kidlanishicha, "giyohvand moddalarning boshqa turlari, misol uchun kokain, Rossiyaga odatda Sankt-Peterburg yoki Qora dengiz portlari orqali yetkazilishi" ta'kidlab o‘tilgan. Ta'kidlanishicha, bu giyohvand moddalar Janubiy Amerika va Karib dengizi davlatlaridan yetkazib beriladi. 

Ma'ruza mualliflari eng oxirgi ma'lumotlarga tayanib, "2015 yil birinchi yarmida Rossiya huquq-tartibot idoralari 14 tonna giyohvand moddani qo‘lga kiritganini" ta'kidlab o‘tishgan.

"Turli manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiyada giyohvandlar soni 7,3-8,5 mln kishini tashkil qiladi. 2014 yilda giyohvand moddadan halok bo‘lgan 15 yoshdan 34 yoshgacha bo‘lganlar soni 92 ming kishini tashkil qilgan, bu esa 2000 yilgi ko‘rsatkichlardan 30 foizga kamroq bo‘lgan", deyilmoqda ma'ruzada. Shu bilan birga, ma'ruzada Rossiya hukumatiga iqtibos keltirgan holda, 2014 yilda Moskvada balog‘atga yetmagan giyohvandlar soni 35 foizga, umuman Rossiya bo‘yicha esa 6,5 foizga oshgani haqida ma'lumotlar keltirilgan.  

Top