Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Toshkentdagi markaziy ko‘chalardan biriga Islom Karimov nomi berildi
Toshkent shahridagi O‘zbekiston ko‘chasiga Islom Karimov nomi berildi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan Mirobod, Yunusobod, Yakkasaroy, Shayxontohur va Chilonzor tumanlarini birlashtirib turuvchi O‘zbekiston ko‘chasiga Islom Karimov nomi berildi.
Mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko‘p asrlik tarixida o‘chmas iz qoldirdi», deyilgan xabarda.

Mavzuga oid
11:35 / 06.09.2025
Karimov va Rahmon o‘rtasida sovuqchilik. Buning sabablari nima edi?
15:11 / 25.06.2025
“Karimov bankirlarni qo‘rqitish uchun kuch tuzilmalarini chaqirgan edi” - Rustam Ahmedov konvertatsiya yopilganidan keyingi korrupsiya haqida
17:39 / 22.03.2025
Mirziyoyev birinchi prezident maqbarasini ziyorat qildi
23:12 / 20.03.2025