15:24 / 03.03.2017
16582

Kegeyli hokimi fermerlarni tanqid qildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanining 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng ahamiyatli yo‘nalishlari bo‘yicha tuman hokimi M.Abdirov o‘z hisobotida qishloq-xo‘jaligi sohasidagi kamchiliklarni ham aytib o‘tdi, deb yozadi KRuz.uz.

"Qishloq-xo‘jaligi sohasida bir qancha kamchiliklar o‘rin olmoqda. Paxta va g‘alla yetishtirishda hosildorlik quyi darajada bo‘lib, natijada fermer-xo‘jaliklari yildan-yilni qarzdorlik bilan yakunlashmoqda. Masalan, tuman fermer xo‘jaliklarining xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar oldidagi qarzi yuqori bo‘lib, ularning faqatgina yoqilg‘i bo‘yicha 1 mlrd 22,6 mln so‘m, mineral o‘g‘itlar bo‘yicha 1 mlrd 536,7 mln.so‘m "Agrotexservis" MChJ oldidagi qarzi 12,7 mln. so‘mni tashkil etadi.

2016 yilda yangidan ochilgan meva-poliz mahsulotlari yetishtirishga mutaxassislashtirilgan fermer-xo‘jaliklari tomonidan mahsulotlarni ekishning agrotexnik choralari vaqtida e'tiborga qaratilmagan, shuningdek, eksportga mos mahsulotni yetishtirish, eksportga va qayta ishlovchi korxonalar bilan shartnoma tuzish ishlariga e'tibor berilmay kelmoqda", - degan M.Abdirov.

Top