22:54 / 04.03.2017
6852

APL. «Lester» Ranerining ketishini nishonlashda davom etdi, autsayderlar uyg‘ondi

Angliya chempionatining 27-turidan o‘rin olgan yana beshta uchrashuv yakuniga yetdi. Gollarga boy tarzda kechayotgan turning bir vaqtda boshlangan beshta uchrashuvida jami 20ta gol kiritilgani e'tiborga molik.

Klaudio Ranerisiz ikkinchi uchrashuvda maydonga chiqqan «Lester» ikkinchi uchrashuvda ham 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu safar jabrlanuvchi rolini «Hall» bajarib berdi. Shuningdek, ligada qolish uchun kurash olib borayotgan «Kristal Pelas» va «Suonsi»ning ham g‘alaba qozonganini aytish lozim. Ayniqsa Pol Klement shogirdlari «Byornli»ga qarshi kechgan uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Fernando Lorente tomonidan kiritilgan gol evaziga o‘ta muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

«Midlsbro» esa o‘z imkoniyatlarini pasaytirishda davom etmoqda. Bu turda Karanka shogirdlari «Stok» mehmoni bo‘lib imkoniyatni boy berib qo‘ydi. «Uotford» va «Sauthempton» uchrashuvida esa muxlislar yettita gol guvohi bo‘lishdi va unda mehmonlar g‘alaba qozondi.

Angliya premer-ligasi, 27-tur

Vest Bromvich – Kristal Pelas 0:2 (0:0)

Gollar: Zaa (55), Taunsend (84).
Vest Bromvich: Foster, Makoli, Nom (Robson-Kanu, 71), Douson, Evans, Fletcher (Leko, 81), Livermor, Morrison, Brant, Shodli (Makkleyn, 63), Rondon.
Kristal Pelas: Hennessi, Tomkins, van Aanxolt (Shlupp, 62), Uord, Sako, Kabay (Denn, 74), Milivoyevich, Panchon, Zaa (Makartur, 86), Taunsend, Benteke.
Ogohlantirishlar: Benteke (45).

Uotford – Sauthempton 3:4 (1:2)

Gollar: Dini (4), Okaka Chuka (79), Dukure (90+4) – Tadich (28), Redmond (45, 86), Gabbyadini (83).
Uotford: Gomes, Kabul, Britos, Xolebas, Predl, Kapu (Saksess, 70), Behrami, Kleverli, Nyang, Dini, Okaka Chuka (Dukure, 89).
Sauthempton: Forster, Yosida, Bertran, Soaresh, Stivens, Tadich (Klasi, 87), Devis, Redmond, Uord-Prouz (Bufal, 78), Gabbyadini (Long, 85), Romeu.
Ogohlantirishlar: Soaresh (14), Gabbyadini (33), Okaka Chuka (44), Predl (73), Dini (82).

Suonsi – Byornli 3:2 (1:1)

Gollar: Lorente (12, 90+2), Olsson (69) – Grey (20, penalti, 61).
Suonsi: Fabianski, Fernandes, Olsson, Noton (Ranxel, 89), Mouson, Kerroll (Amat, 90), Kork, Sigurdsson, Fer, Narsinx (Ayyu, 73), Lorente.
Byornli: Robinson, Kin, Uord, Louton, Mi, Boyd, Xendrik, Barton (Vestvud, 80), Breydi (Arfild, 66), Vouks (Tarkovski, 80), Grey.
Ogohlantirishlar: Uord (10), Mi (54), Fer (57), Kork (85).

Stok Siti – Midlsbro 2:0 (2:0)

Gollar: Arnautovich (29, 42).
Stok Siti: Grant, Martins Indi (Afellay, 87), Shoukross, Piters, Kemeron, Sobxi, Uelan, Arnautovich (Diuf, 65), Allen, Djonson, Krauch (Beraxino, 79).
Midlsbro: Valdes, Ayyala (Espinosa, 8), Frend, Fabio, Gibson, Kleyton, de Ron, Traore, Lidbitter (Gediura, 75), Ramires (Stuani, 46), Jyested.
Ogohlantirishlar: Shoukross (21), Frend (45), de Ron (78).

Lester – Hall 3:1 (1:1)

Gollar: Fuks (27), Mahrez (59), Haddlstoun (90, avtogol) – Klukas (14).
Lester: Shmeyxel, Morgan, Fuks, Simpson, Hut, Drinkuoter, Ndidi, Olbrayton, Mahrez (Slimani, 83), Okadzaki (Grey, 70), Vardi.
Hall: Yakupovich, Maguayr, Ranokkiya, Robertson, Al-Muhammadi, Ndiayye (Ernandes, 68), Haddlstoun, Klukas, Markovich (Diomande, 78), Grositski, Nyasse.
Ogohlantirishlar: Drinkuoter (49) – Haddlstoun (89).

Mavzuga oid
Top