07:28 / 04.03.2017
5086

Gaitining sobiq prezidenti Rene Preval vafot etdi

Gaitining sobiq prezidenti Rene Preval 75 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Miami Herald nashri xabar bermoqda

Sobiq prezidentning vafotini uning rafiqasi Elizabet Preval tasdiqlagan. Ma'lum qilinishicha, Preval uyida vafot etgan. Uning rafiqasi ayni vaqtda sayohatda. Ayolning aytishicha, u turmush-o‘rtog‘i bilan 3 mart kuni ertalab bir necha marta gaplashgan.

"U a'lo kayfiyatda edi. Mendan qachon uyga qaytishimni so‘radi. Men bu yangilikka ishona olmayapman", deb aytgan ayol.

Preval Gaiti prezidenti lavozimini 1996-2001 yillarda hamda 2006-2011 yillarda egallagan. 

Ta'kidlanishicha, Preval Gaiti tarixida prezident lavozimida ikkita muddatni to‘liq o‘tkazgan hamda "turmaga qamalmagan yoki to‘ntarilmagan, yoxud o‘ldirilmagan" yagona prezident hisoblanadi.

Top