12:09 / 04.03.2017
31403

Odamlar bor, hayvon undan yaxshidir: it 9 yoshli bolani qotil onaning changalidan qutqarib qoldi

Avstraliyaning Janubiy Uels shtatida pitbul zotidagi it 9 yoshli bolani dahshatli o‘limdan qutqarib qoldi. The Sun nashrining ma'lum qilishicha, bolani uning o‘z onasi cho‘ktirib yubormoqchi bo‘lgan.

Odamlardan ko‘ra rahmliroq chiqqan it farzandini cho‘ktirayotgan ayolga tashlanib, uni tishlay boshlagan. 27 yoshli ayol shundan keyin farzandini tinch qo‘yishga majbur bo‘lgan. Biroq keyin aniqlanishicha, berahm ona "o‘z jirkanch rejasining yarmini amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan ekan": u 5 yoshli kichik farzandini cho‘ktirib yuborishga "ulgurgan". 

Huquq-tartibot idoralari ayolni hibsga olgan, ikkinchi bolaning jasadi esa daryoda aniqlangan.

Mavzuga oid
Top