15:37 / 04.03.2017
11120

Serxio Ramos – «Real» futbolchilariga: «Bu yerda yugurmaslikka faqat Ronaldu haqli»

Madridning «Real» klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi jamoaning so‘nggi mashg‘ulotidan oldin o‘zaro suhbatlashib olishgan. Unda jamoaning so‘nggi o‘yinlaridagi muvaffaqiyatsizliklari muhokama qilingan.

Tribuna.uz yozishicha, «qaymoqranglilar»ning tajribali futbolchilari yosh futbolchilarga muvaffaqiyatga qozonish uchun yanada ko‘proq kuch sarflash lozimligini uqtirishgan. Jumladan jamoa sardori Serxio Ramos shunday gaplarning birida: «Bu yerda faqat Ronaldu yugurmasdan o‘ynashga haqda, chunki u bir mavsumda 60talab gol urishi mumkin», deya gapirib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, madridliklar so‘nggi uch uchrashuvda bor-yo‘g‘i to‘rt ochko to‘plashdi. Hozirda jamoa  56 ochko bilan «Barselona»dan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa asosiy raqibidan 1 ochko ortda qolayotgan bo‘lishiga qaramay, bitta kam uchrashuv o‘tkazgan.

Top